Kontent qismiga oʻtish

Abu Nasr Ahmadxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Birlashgan Oqquyunli davlati ning soʻnggi sultoni Abu Nasr Ahmadxon (1476-1497-yil 13-dekabr). Hukmronligi 1497-yil. Ahmadxon Oʻgʻurlu Muhammadning oʻgʻli, Uzun Hasanning nabirasi boʻlgan. 1473-yili Oʻgʻurli Muhammad otasi Uzun Hasanga qarshi muvaffaqiyatsiz qoʻzgʻolonidan soʻng, Usmonli hududiga qochib ketadi. Oʻsha paytda Usmonli sultoni boʻlgan Mehmed II Fotih uni xush yuz bilan qarshi olib, qizi Gavhar sultonga uylantirib qoʻyadi. Yosh Ahmad ana shu nikohdan 1476-yilda Istanbulda dunyoga kelgan. Dastlabki taʼlimni u Usmonli davlatida oldi. 1497-yilda Usmoniylardan yordam olgan sulton Ahmad Oqquyunli taxtini egallash uchun harakat boshlaydi. U Gruziyaga qochib oʻtgan raqibi va amakivachchasi sulton Rustamni tezda magʻlub etadi. Yordam uchun minnatdorchilik bildirgan sulton Ahmad Kermonshoh hududini Usmoniylarga tortiq qiladi. Yangi hukmdor davlatni, soliq tizimini mustahkamlash uchun islohotlarni boshlab yuboradi. Shuningdek, Usmoniylar kabi muntazam armiya tuzish choralarini koʻra boshlaydi. Suyurgʻol tizimi, dehqonlarning ogʻir qoliqlari va bojlar bekor qilindi. Biroq, bunga Qosimbek boshchiligidagi mahalliy qabila boshliqlari qarshi chiqdi. Qosimbek saltanat taxtiga Ahmadning qarindoshi, oʻsha yili Tabrizni egallagan sulton Yoqubning oʻgʻli Murodni munosib koʻradi. Sulton Ahmad mamlakat ichidagi raqibiga qarshi jang qilishga qaror qildi, lekin Isfahondan uncha uzoq boʻlmagan joyda magʻlubiyatga uchradi va qoʻlga olinadi. 1497-yil 13-dekabrda yosh Ahmad qatl etilgan. Shundan soʻng, birlashgan Oqquyunli davlati uch qismga parchalanib ketdi: 1. Tabriz va Ozarbayjonda Alvond Mirzo (Yusufbek ibn Uzun Hasanning oʻgʻli) 2. Yazd, Kermon va Seistonda Sulton Muhammad (Yusufbek ibn Uzun Hasanning oʻgʻli) 3. Diyorbakirda Sulton Qosim (Uzun Hasanning jiyani)

Ketma-ket boshqaruvdan keyin Oqquyunlilar sulolasining oxirgi vakili yosh Ahmad oʻrnini uning oʻgʻli Ziyol al-Aybiddin egalladi. Bu boʻlinish oxir-oqibat 1502-yilgacha Ozarbayjon va Tabrizni, 1508-yilgacha Janubiy va Sharqiy Eronni Safaviylar bosib olishiga olib keldi. Yosh Ahmad Usmonli sultoni Boyazid II ning qizi Aynishoh sultonga uylangan.